Davron Fayziev: U - afsona!

  • 30 mart, 2021, 16:29
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Manchester Siti" o‘z yulduzi Serxio Aguero bilan shartnoma uzaytirilmasligi va mavsum so‘ngida u bilan xayrlashishini e’lon qildi. Mashhur sharhlovchi Davron Fayziev o‘z "Telegram" kanalida bu haqida fikr bildirdi:

Tecno

"Rasman" Serxio Aguero mavsum yakunlangach "Manchester Siti"ni tark etadi. Bu haqda klub e’lon qildi. Aguero esa muxlislarga maktub yo‘lladi. Garchi aytilmayotgan bo‘lsada, katta ehtimol bilan yangi manzil "Barselona" bo‘lsa kerak. Hozirga kelib Kun manchesterliklar safida 384 o‘yinda 257 gol urgan. Bu raqamlar oshsa kerak. Oshishi muhim. Chunki ayni vaqtda APL tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida Aguero 4-o‘rinda va 3-o‘rin bilan farq atigi 6 golni tashkil etmoqda. Agar Pep imkon bersa, yo‘qotsa bo‘ladigan farq. Bu ro‘y bermagan taqdirda ham Kun Aguero bir qancha tarixiy natija egasi bo‘lib qoladi. U APL tarixidagi eng yaxshi legioner to‘purar, u Manchester Siti tarixidagi eng yaxshi to‘purar, u afsona.

Oldinda esa deyarli aniq bo‘lib borayotgan yana bir chempionlik va Chempionlar Ligasi uchun so‘nggi jang".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!