De Bryuyne uchun kurashga Turkiya klubi qo‘shildi

  • 7 iyun, 19:26
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, "Fenerbaxche" belgiyalik futbolchining transferi bo‘yicha ilgari faol muzokaralar olib borilgan Italiyaning "Napoli" klubiga nisbatan manfaatliroq taklif bergan. Ma’lum qilinishicha, 33 yoshli o‘yinchi endi Joze Mourino murabbiylik qilayotgan Istanbul klubiga o‘tish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

De Bryuynening kelajagi haqidagi yakuniy qaror yaqin soatlar ichida qabul qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kevinning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil 30 iyunda tugaydi, shundan so‘ng u erkin agent maqomini oladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!