De la Fuente: "Gavi energiyasini to‘g‘ri yo‘naltirishni o‘rganishi kerak"
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Gavining mashg‘ulotlardagi faoliyati va xarakterini yuqori baholadi.
Murabbiy aytishicha, u Gavining o‘yin va mashg‘ulotlardagi jangovar kayfiyatini juda yoqtiradi. Yaqinda o‘tkazilgan mashg‘ulotta u Rodrigoga nisbatan ancha keskin harakat qilgani ham muhokama qilingan.
"Mashg‘ulotlar ham futbolning bir qismi. Hamma har doim to‘liq kuch bilan harakat qilishi kerak. Men uni aynan shunday holatda ko‘rishni yaxshi ko‘raman. Lekin Gavi energiyasini to‘g‘ri yo‘naltirishni o‘rganishi kerak", — dedi de la Fuente.
Ma’lumot uchun, Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionatida "H" guruh bosqichida Kabo-Verde terma jamoasi, Saudiya Arabistoni terma jamoasi va Urugvay terma jamoasi bilan o‘ynaydi.

Fikrlar