
De la Fuente Ispaniya terma jamoasiga shart qo‘ydi
Luis de la Fuente Ispaniya terma jamoasidagi maoshini oshirishni talab qilmoqda. Bu haqda "Cadena SER" nashri xabar berdi
De la Fuente manfaatlarini himoya qiluvchi agentlik Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) bilan milliy terma jamoa bosh murabbiyi shartnomasini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Amaldagi kelishuvga ko‘ra, 63 yoshli mutaxassisning maoshi bir million evrodan oshadi.
Anton Meana "El Larguero" dasturida aytishicha, de la Fuente 2028 yilgacha to‘liq yangi shartnoma tuzishni va uning termadagi sobiq hamkasbi Luis Enrike olgan maoshga teng - yiliga uch million evrodan ortiq maosh olishni istayapti. O‘z navbatida, federatsiya ikki million evrodan oshmaydigan mablag‘ni taklif qilmoqchi. Sababi, ular murabbiyni Enrike kabi maqomga ega emasligini ta’kidlamoqda.
Bundan tashqari, federatsiya Luis de la Fuente bilan shartnomani uzaytirishni birinchi darajali vazifa deb hisoblamaydi. Biroq, uning ketishini ham xohlamaydi, chunki u o‘z vazifasini yaxshi bajarmoqda.
Ma’lumot uchun, Mutaxassis yozda Ispaniya terma jamoasi bilan "Evro-2024" chempioni bo‘lgan edi.
Fikrlar