De la Fuente Mourinioning “Real”ga kelishiga munosabat berdi
Ispaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Xose Mourinoning kelasi mavsumdan “Real” ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Mourinyo "Real" uchun yechim bo‘ladimi-yo‘qmi, bilmayman, lekin u ajoyib murabbiy", - dedi De la Fuente.
Eslatib o‘tamiz, Xose Mourinyo 2010 yildan 2013 yilga qadar Madrid klubini boshqargan. U shu vaqt ichida klub bilan Ispaniya La Ligasi, mamlakat kubogi hamda Superkubogiga ega chiqqandi. Hozirda mutaxassis Lissabonning “Benfika” klubini boshqarmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, klub rahbariyati uni “Real” ga ko‘chib o‘tishiga qarshilik bildirmagan.
Azizjon Abduvaliev

Fikrlar