
De Xea Italiya klubi bilan kelisha olmadi
Ayni paytda erkin agent bo‘lib turgan David de Xea faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin edi. Uni "Jenoa" o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qilayotgandi, lekin bu transfer amalga oshmaydi.
Di Martsio xabar berishicha, tomonlar maosh borasida kelisha olishmadi va De Xea erkin agent sifatida qoladigan bo‘lmoqda. Hozircha uning keyingi manzili aniq emas. Agarda yaxshi taklif tushmasa, Davidning futbolchilik faoliyatini yakunlashi borasida ham mish-mishlar yo‘q emas.
De Xea o‘tgan yili yozda "Manchester Yunayted" bilan xayrlashgandi. "Qizil iblislar" uning o‘rniga Andrea Onanani tanladi. Shundan beri ispaniyalik posbon klubsiz qolmoqda.
Fikrlar