De Xea "Manchester Yunayted"da qoladi
"Manchester Yunayted" klubi darvozaboni David De Xea jamoada qoladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ispaniyalik posbon “qizil iblislar” bilan shartnomani uzaytirishga rozilik bildirgan. Tomonlar ushbu masalada hamon muzokaralarni davom ettirishayotgan bo‘lishsada, bu boradagi asosiy masalalarda kelishuvga erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq De Xea yangi shartnomaga ko‘ra MYuda yiliga 20 mln evro maosh olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, De Xea o‘tgan mavsum APLda 38ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 50ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar