Debyutant jamoa bu yoz 12-futbolchini katta summaga oldi

  • 02.09.2026 18:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida Premier-liganing yangi a’zosi “Ipsvich” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Börnli” hujumchisi Zion Flemming uchun 20 million funt sarfladi.

Flemming “Ipsvich” bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi va shu tariqa Gari O'Nil jamoasining bu yozdagi 12- va bir vaqtning o‘zida so‘nggi yangi futbolchisiga aylandi.

28 yoshli niderlandiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda Premier-ligada 11 ta gol urdi, biroq bu “Börnli”ning Chempionshipga tushib ketishdan qutulishi uchun yetarli bo‘lmadi.

Flemming yangi mavsumda “Börnli” safida o‘tkazgan to‘rtta uchrashuvda ham uch marta gol urishga ulgurdi.

Flemming “Ayaks” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, u “Zvolle”, NEK, “Fortuna” va “Milluoll” klublarida o‘ynagan. Zion ikki yil oldin “Milluoll”dan “Börnli”ga kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!