Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Debyutant transfer rekordini yangiladi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Endi bu jamoaga gol urish qiyin bo‘ladi

Angliya premyer-ligasiga qaytgan «Xall Siti» grek milliy jamoasi darvozaboni Konstantinos Tsolakisni «Olimpiakos»dan sotib olganini e’lon qildi.

23 yoshli posbon «tigrlar» bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Klub rasmiy to‘lov miqdorini ochiqlamadi. Biroq BBC Sport ma’lumotlariga ko‘ra, transfer taxminan 23 million yevro va qo‘shimcha bonuslardan iborat bo‘ladi. Shu tariqa, bu kelishuv «Xall Siti» tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi. Ilgarigi rekord 2016 yilda qayd etilgan edi — o‘shanda klub «Tottenxem» yarimhimoyachisi Reyan Meyson uchun 15 million yevro to‘lagan.

Tsolakis kattalar futbolidagi butun faoliyatini «Olimpiakos» tarkibida o‘tkazdi. 2020 yilda debut qilgan darvozabon shu vaqtgacha 131 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular orasida 4 marta Gretsiya chempioni bo‘lish va Konferensiyalar ligasidagi g‘alaba ham bor.

«Olimpiakos»ning Yevropa maydonidagi muvaffaqiyatidan so‘ng Tsolakis milliy jamoada ham debut qildi. U hozirgacha Gretsiya terma jamoasi safida 9 ta o‘yin o‘tkazgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q