Deku Levandovskiga o‘rinbosar sifatida futbolchi olib kelinishi haqidagi savolga javob berdi
"Barselona" sport direktori Deku klub Robert Levandovskiga yangi hujumchi izlamoqdamidi, degan savolga javob berdi.
"Tarkibimizda hujumchi pozitsiyasida o‘ynay oladigan futbolchilar bor. Masalan, Ferran juda zo‘r mavsum o‘tkazdi. Olmo va Fermin ham “yolg‘on to‘qqiz” sifatida harakat qila oladi. Levandovskining o‘rnini bosadigan ichki zaxiralarimiz etarli" – deydi Deku "Barca Times" nashriga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, hozirgi kunda ko‘plab top-klublar tarkibida aniq markaziy hujumchi yo‘q va "Barselona" bunga ortiqcha e’tibor qaratishi shart emas.
Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda 36 yoshli forvard 51 o‘yinda maydonga tushib, 40 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.
Fikrlar