Dele Alli Italiya A Seriyasiga yo‘l olishi mumkin

  • 17 dekabr, 2024, 16:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sesk Fabregas boshchiligidagi "Komo" transferlar oynasida "Tottenxem"ning sobiq yulduzi hisoblangan Dele Allini olib kelmoqchi.
 
"ESPN" nashrining xabariga ko‘ra, ispaniyalik bosh murabbiy futbolchining iqtidorini bilgan holda o‘z jamoasiga jalb qilmoqchi. Biroq, uning hozirgi jismoniy holati va jarohatga moyilligi mutaxassisni o‘ylantirmoqda. "Everton" va "Beshiktosh" kabi klublar futbolchining so‘nggi jamoalari sanaladi. Angliyalik havbek jamoasi bilan shartnomasini bekor qilib, 1 iyuldan buyon erkin agent bo‘lib kelmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli hujumkor yarim himoyachi butun faoliyati davomida 385 ta o‘yinda maydonga tushib, 94 ta gol va 72 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!