Dembele "Chelsi"ga ultimatum qo‘ydi
"Barselona"ning frantsiyalik hujumchisi Usmon Dembele "Chelsi"ga o‘tish uchun London klubiga o‘z shartini qo‘ydi, deb xabar bermoqda The Sun.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, futbolchi “aristokratlar”ning asosiy tarkibidan doimiy joy kafolatlanishini xohlamoqda. O‘z navbatida “Chelsi” rahbariyati frantsiyalik futbolchini “Inter”ga qaytishi mumkin bo‘lgan belgiyalik hujumchi Romel Lukakuga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Avvalroq, Dembele iyun oyi oxirida tugaydigan shartnomani uzaytirish borasida «Barselona» bilan kelisha olmagani haqida xabar berilgandi. Shunday qilib, u Kataloniya klubini erkin agent sifatida tekinga tark etishi mumkin.
25 yoshli Dembele o‘tgan mavsum "Barselona" safida barcha turnirlarda jami 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar