Dembele: "Eng yaxshi futbolchi" degan ibora men uchun ahamiyatga ega emas"
PSJ hujumchisi Usmon Dembele "Oltin to‘p" sohibiga aylanganidan keyin dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida baholanishi haqida fikr bildirdi.
"2017 yilda siz: "Men dunyoning eng yaxshi futbolchisi emasman", degansiz. Hozir bunga bunga ham qo‘shilasizmi?
"Eng yaxshi futbolchi" – bu katta ibora. Men uchun uning ahamiyati yo‘q. Bu har hafta o‘zgarishi mumkin. Bir o‘yinda yomon o‘ynasang – "seni hech kim emas" deyishadi, keyingi o‘yinda esa "dunyoning eng yaxshisi" deb atashadi.
Har ikki haftada fikrlar o‘zgarishi mumkin. Ammo agar ajoyib mavsum o‘tkazsang, hayotingdagi eng yaxshi mavsum bo‘lsa, shunda "mavsumning eng yaxshi futbolchisi" degan nomga sazovor bo‘lasan", – dedi Dembele.
Fikrlar