Dembele jaroҳat oldi — YEChL finali xavf ostidami?
PSJ vingeri Usmon Dembele Liga 1'ning 34-tur doirasidan o‘rin olgan “Parij”ga qarshi bahsning birinchi bo‘limida jarohat oldi.
Futbolchi o‘yning 27-daqiqasida almashtirildi. Maydonni tark etayotgan vaqtda u mushak qismida noqulaylik sezayotganini aytgan, ammo jiddiy emasligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, parijliklarni endi faqat bitta uchrashuv kutib turibdi. Jamoa 30 may kuni “Arsenal”ga qarshi Chempionlar ligasi finalida maydonga tushadi

Fikrlar