Dembele ketsa, “Barselona” Braziliya terma jamoasi hujumchisini sotib oladi

  • 14 iyun, 2022, 17:48
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lids" hujumchisi Rafinyaning "Barselona"ga o‘tishi, Usmon Dembelening jamoani tark etishiga bog‘liq, deb xabar berdi “Sport.es” nashri.

Tecno

29 yoshli braziliyalik futbolchi Kataloniya klubidan rasmiy taklif kutmoqda. Ammo transfer amalga oshmasligi mumkin, chunki Dembele jamoani erkin agent sifatida tark etishini hali tasdiqlamagan. Ispan klubi frantsiyalikni jamoada saqlab qolish yo‘lini topsa, Rafinyani sotib olish fikridan voz kechishi mumkin.

Avvalroq, OAVda Dembele PSJ yoki “Chelsi”ga o‘tishga yaqin turgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo kataloniyaliklar Frantsiya terma jamoasi forvardini o‘z safida saqlab qolishga harakat qilmoqda.

Rafinya o‘tgan mavsum "Lids" safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 3 assist muallifiga aylangan. Braziliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!