Dembele qaysi jamoaga o‘tishini tanlab bo‘ldi

  • 20.02.2020 16:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Lion" klubi forvardi Mussa Dembele faoliyatini qaysi jamoada davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli frantsiyalik futbolchi mavsum yakunlangach "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tadi.

Aytish kerakki, bundan avvalroq Dembelega shuningdek "Chelsi", "Manchester Siti" va yana bir qator APL klublaridan ham qiziqashlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum "Lion" safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 19 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 40 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!