Dena Uayt: Habib - Fergyuson o‘rtasidagi navbatdagi jang erga asteroid urilishi tufayli qoldirilsa kerak
UFC prezidenti Dena Uayt Sports Illustrated nashri jurnalistlari bergan savolga javob qaytardi:
"Men hech qachon janglarning bu qadar ko‘p marotaba bekor qilinishni uchratmaganman. Habib - Fergyuson jangini tashkil qilish haqida o‘ylasam, qo‘rqib ketaman. Keyingi gal ularning jangi erga asteroid urilishi oqibatida qoldirilmasmikin?!", - dedi Uayt.
Ushbu ikki jangchi o‘rtasidagi bellashuv so‘nggi marotaba 2020 yil martida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli bekor qilingandi.
Fikrlar