Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Denis Istomin chorak finalga yo‘l oldi

Zohir2018
Izohlar: 0

Endi navbat yakkalik bahslariga

Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida tennis bo‘yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning juftlik bahslari Denis Istomin uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Denis juftlik bahslarida rossiyalik Mixail Elgin bilan juftlik hosil qilib, nimchorak final uchrashuvida rossiyalik Aleksey Vatutin hamda frantsiyalik Manuel Ginarni 6:1, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratib chorak finalga chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin ushbu turnirning yakkalik bahslari ikkinchi bosqichida germaniyalik Julian Lentsga qarshi kortga chiqadi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q