Denis Istomin Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadimi?

  • 13 oktabr, 2021, 16:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
TIGGO 2 PRO

Terma jamoalarimizning "Xanchjou-2022" Osiyo va "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejalariga qaratilgan yig‘ilishlar davom etmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri O‘zbekiston tennis federatsiyasi bilan o‘tkazildi. Uchrashuvni MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov olib bordi. Unda, shuningdek, O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi Iroda To‘laganova, terma jamoa murabbiylari va Qo‘mitaning mutasaddi vakillari ishtirok etishdi.

Shubhasiz, ko‘pchilikni yangi Olimpiada tsiklida ham Denis Istominning ishtirok etishi haqidagi savol qiziqtirgan. Bu borada Iroda To‘laganova shunday izoh berdi:

“Hozirda terma jamoamiz vakillaridan faqat 4 nafar tennischi: Denis Istomin, Humoyun Sultonov, Sanjar Fayziev va Sergey Fomin ATR va "Chellenjer" tasnifiga kiruvchi musobaqalarda ishtirok eta oladi. Aynan ushbu musobaqalar orqali Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi reyting o‘rniga kirish mumkin. Ularning ortidan kelayotgan bir qator umidli yoshlarimiz bor, ammo ularning yuqori darajaga chiqishi uchun vaqt kerak”.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!