Denis Istomin "Prezident kubogi"ni g‘alaba bilan boshladi
Javokhir Azimov
Navbatdagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan taxminan 10:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Tennis bo‘yicha O‘zbekistonning eng mashhur raketka ustasi Denis Istomin Qozog‘iston kortlari mezbonlik qilayotgan "Prezident kubogi"da qatnashmoqda.
Vakilimiz ilk bosqichda rossiyalik Yan Bondarevskiyga qarshi kortga chiqdi. Bellashuv Istominning 6:3, 3:6, 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Endi Denis 1/8 finalda Ukraina sharafini himoya qilayotgan Ilya Marchenko bilan bahs olib boradi.
Uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan taxminan 10:30 da start olishi rejalashtirilgan.


Izohlar (0)