Denis Ivankov: Shotaning ketishi o‘zbek futboli uchun katta yo‘qotish

  • 22 dekabr, 2020, 05:35
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Biroz avval, Shota Arveladze boshliq bir qator "Paxtakor" vakillari Toshkent xalqaro aeroportidan yurtimizni tark etishdi. Klubda darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelgan Denis Ivankovga gruziyalik mutaxassisning jamoadan ketishi va o‘zining "Paxtakor"dagi kelgusi faoliyati yuzasidan savollar berdik.

 - Bilasizmi, bu juda katta yo‘qotish. Shotaning ketishidan nafaqat "Paxtakor", balki butun o‘zbek futboli yutkazmoqda. U yaxshi murabbiy bo‘lishi bilan birga yaxshi saviyadagi menejer hamdir. Shunga qaramay, umid qilamanki, jamoa rivojlanishda davom etadi. Arveladze ularga o‘rgatib ketgan struktura orqali ishlashni to‘xtatmaslik lozim. 

O‘zim haqimda gapiradigan bo‘lsam, yangi yildan so‘ng, bu erga qaytaman. Menda hozircha og‘zaki taklif bor va bu rasmiylashtirilmas ekan, nimadir deyishim qiyin. Bayramni o‘tkazib olgach, rahbariyat bilan bafurja gaplashib olamiz. 

Shu fursatdan foydalanib, butun o‘zbek xalqini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman", - dedi Ivankov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!