
Denis Korostichenko: "Oxirgi turda qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz"
Superliganing 25-turida "Olimpik" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Golgacha bo‘lgan o‘yin bo‘ldi. Ikki jamoa ham turnir jadvalida yuqoriroq bo‘lish uchun kurash olib bordi va "Bunyodkor" birinchi bo‘lib hisobni ochdi.
- Ikkinchi taymda "Olimpik" juda yomon ko‘rindi. Birinchi taymda jamoa juda yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan edi?!
- Hozir har bir o‘yinga futbolchilarga motivatsiya berish qiyin bo‘lmoqda. Qo‘shimchasiga, bir nechta futbolchilarimiz kasal bo‘lgani bois bizga yordam bera olmadi. Ikkinchi bo‘limda yosh futbolchini o‘yinga qo‘shdik, ammo ular kirishib keta olmadi. Demak, "Bunyodkor"da zaxira o‘rindig‘i kuchliroq ekan.
- "Olimpik" so‘nggi turda "Surxon" bilan kurashadi. Shu haqida fikrlaringiz?
- Imkoniyat bor, ammo bugun g‘alaba qozonganimizda hammasi hal bo‘lgan bo‘lar edi. Yutqazganimiz uchun, endi boshqa jamoalarni natijasiga bog‘liq bo‘lib qoldik. "Paxtakor" so‘nggi turda "Bunyodkor"ni yutib berishini kutamiz. Oxirgi turda qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz.
Fikrlar