Denzel Dyumfrisning transferi to‘liq yakunlandi

  • 04.06.2026 14:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Denzel Dyumfris milanning "Inter" jamoasidan Madriddning "Real" klubiga o‘tdi. Bu haqida insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 30 yoshli futbolchining transferi to‘liq yakunlangan. "Real Madrid" niderlandiyalik himoyachi uchun 20 million yevro miqdoridagi sotib olish bandini ishga tushirgan. Futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Denzel Dyumfris 2021 yilda "Inter" safiga PSV jamoasidan o‘tgan edi.

O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda ishtirok etdi, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning bozor qiymati taxminan 25 million yevro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!