Desham va yana ikki murabbiy: «Yuventus» uchun asosiy nomzod
«Yuventus» A Seriyada sakkizinchi o‘ringa tushib ketgach, Luchano Spalletti o‘rniga Didye Desham, Stefano Pioli yoki Antonio Konte nomzodi ko‘rilmoqda.
«Yuventus» so‘nggi paytlarda maydonda kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayapti. Chorshanba kuni turinliklar yana muxlislarini ranjitdi – safarda «Jenoa»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu natija jamoa bosh murabbiyi Luciano Spallettiga nisbatan tanqid va bosimni yanada kuchaytirdi.
Spalletti iste’foga chiqqani taqdirda «Yuventus»ni boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiylar ro‘yxati haqida maqola e’lon qildi. Italyan ommaviy axborot vositalariga tayanib yozilishicha, «qari sinyora» radaridan Didye Desham joy olgan. Frantsiya terma jamoasi ustozi «Yuventus»ni avval ham boshqargan – 2006/2007 yilgi mavsumda turinliklar bilan ishlagan.
Shuningdek, ehtimoliy nomzodlar orasida Stefano Pioli va Antonio Konte ismlari ham tilga olinmoqda. Antonio Konte 2011–2014 yillar oralig‘ida «Yuventus» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan va o‘sha davrda jamoa bilan qator muvaffaqiyatlarga erishgan.
Hozirgi paytda «Yuventus» A Seriya jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar (0)