Deulofeu yana A Seriyaga qaytishi mumkin

  • 1 iyun, 2019, 23:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Uotford” klubi yarim himoyachisi Jerar Deulofeu yozgi transferlar davrida “Napoli”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Italiya nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklar rahbariyati ayni damda 25 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi masalasini ko‘rib chiqmoqda. APL klubi esa uni 30 mln evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Deulofeu uchun Italiya A Seriyasi u qadar begona emas. U 2017 yil ijara asosida “Milan” safida to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, Deulofeu o‘tgan mavsum premer-ligada jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!