Devid Moyes qilgan ishidan afsusda

"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes "Ayntraxt"ga qarshi Evropa ligasi yarim final o‘yini vaqtida maydondan chetlatildi. U maydonda to‘pni olib berish bilan shug‘ullanadigan "bolboy"ga qarata jahl bilan to‘pni tepib yuborgandi. 

"Ha, men to‘pni "bolboy"ga qarab tepdim. Buning uchun uzr so‘rayman. Men bu paytda o‘zimni nazorat qila olmadim.

U menga to‘pni sekin olib bergandi. Bu vaziyatda uning aslo aybi yo‘q. Qilgan ishimdan afsusdaman", - dedi shotlandiyalik mutaxassis. 

Eslatib o‘tamiz, "Vest Xem" kecha Evropa ligasi yarim finalida "Ayntraxt"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va final yo‘llanmasini qo‘ldan chiqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!