Devin Xeyni: "Men endi tarixda abadiy qoldim"

  • 14 fevral, 2024, 16:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super engil vazn (63,5 kg) toifasida WBC chempioni Devin Xeyni (31-0,15 KO) o‘zining keyingi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
 
 
“Men allaqachon tarixiy janglarni o‘tkazganman, kamarlarni qo‘lga kiritdim. Men endi tarixda abadiy qoldim.  Endi gap eng katta pul uchun, eng katta janglarni olish haqida bo‘ladi. Oxirgi jangdan keyin men o‘z tariximni allaqachon yaratganimni aytdim. Men ikki divizion chempioniman va endi odamlar doim men haqimda gapirishadi. Endi men eng katta tadbirlarni tashkil qilishim kerak. Masalan, Rayan Garsiya bilan jangimiz 2024 yilning eng yirik voqeasi bo‘ladi. Ushbu g‘alabadan keyin men zamonaviy boksning yangi yuzi ekanligimni isbotlayman”.

Tecno

Ma’lumot uchun, Devin Xeyni 20 aprel kuni Rayan Garsiya bilan jang qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!