
“Devis kubogi”da terma jamoamiz sharafini kimlar himoya qiladi?
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi “Devis kubogi“ musobaqasining I Jahon guruhi uchun pley-off bosqichi doirasida Bosniya va Gertsegovina termasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Mazkur bahs oldidan terma jamoamiz tarkibi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, tarkibdan mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Maksim Shin va Rahimbek Ibrohimov joy oldi.
O‘zbekiston – Bosniya va Gertsegovina terma jamoalari uchrashuvi 31 yanvar-1 fevral kunlari poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi yopiq kortida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu o‘yinda terma jamoamiz g‘alaba qozona olsa, I Jahon guruhiga chiqadi.
Fikrlar