
Dias ketsa, "Liverpul" "Real" hujumchisini sotib oladi
Rodrigo "Liverpul"da Luis Diasning o‘rnini egallashi mumkin.
"L'Equipe" nashrining xabariga ko‘ra, agar kolumbiyalik vinger "Liverpul"ni tark etsa, mersisaydliklar uning o‘rniga "Real"dan Rodrigoni sotib oladi.
Madrid klubi Rodrigoni 100 million evrodan ortiq summaga sotishga tayyor ekanligi ta’kidlangan. O‘yinchiga "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi La Liganing 2024-25 yilgi mavsumida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi.
Fikrlar