Dibala: "Shartnomamda "Verona"ga qarshi o'yin "Roma"dagi so'nggisi bo'lishi yozilgan"
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala klubdagi kelajagi haqida bayonot berdi.
"Mening shartnomamda Veronaga qarshi o‘yin "Roma"dagi so‘nggisi bo‘lishi aytilgan. Shartnoma iyun oyida tugaydi va hech kim men bilan shartnomani uzaytirish haqida gaplashmadi", deya futbolchining so‘zlarini keltirdi "Sky Sports" nashri.
32 yoshli argentinalik futbolchi 2022 yildan beri "bõrilar" safida o‘ynab kelmoqda. Uning bozor qiymati besh million yevroga baholanmoqda. Dibala bu mavsumda Italiya A Seriyasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan va uchta golli uzatma bergan.

Fikrlar