Dibala yangi mavsumni London klubida boshlashga yaqin turibdi

  • 7 avgust, 2019, 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” klubi APL boshlanishi arafasida o‘z tarkibini keskin kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq “shporlar” Filippe Koutinoga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tecno

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra londonliklar shuningdek "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibalaga ham og‘iz solishmoqda. Ular argentinalik futbolchi uchun turinliklarga 70 mln evro taklif qilishgan va bu A Seriya grandiga ma’qul kelgan. Endi ular futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishishsa bas. Biroq, Dibalani ko‘ndirish “Tottenxem” uchun oson bo‘lmasligi mumkin. Chunki, u aynan katta maosh so‘ragani bois MYu bilan kelisha olmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!