Diego Kosta “Lester”ga, Itturaspe MYuga: APL favoritlari muhtoj bo‘lgan erkin agentlar

  • 11 yanvar, 2021, 19:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Premer-ligada futbolchilar yangi yil arafasida ham futbol o‘ynashga majbur etildi. Ushbu hafta ichida APL o‘yinlari o‘tkazilmadi. Ammo ingliz futboli mutasaddilari shu kunlarda ham futbolchilarni bo‘sh qoldirishni istamadi. Angliya kubogi bahslari doirasidagi navbatdagi bosqich uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Oldinda yana uzoq muddatli mavsumning yarmi borligini inobatga olsak, ushbu klublarga zaxira imkoniyatlarini oshirib olish naqadar kerak ekanligini anglab etishimiz mumkin. Bugun Evropa futbolida o‘zi uchun panoh izlayotgan bir qator yulduzlar mavjud. Tasavvur qiling, Premer-liga g‘olibligi uchun da’vogar bo‘lib turgan jamoalar bittadan o‘zi uchun kerakli futbolchilar bilan shartnoma imzolasa… Boshladik!

Tecno

“Liverpul”: Ezikel Garay 

So‘nggi klubi: “Valensiya”

Bugun Angliya futboliga befarq bo‘lmagan inson borki, “Liverpul” markaziy himoyachiga muhtojligini biladi. Ha, Garay ushbu kemtikni yopish uchun juda yaxshi variant hisoblanadi. Avvalo, evrofutbolda uni ancha yaxshi darajadagi himoyachi sifatida bilishadi. Shuningdek, mersisaydliklarning himoyachi uchun sarf etishga ortiqcha puli yo‘q. Van Deyk safga qaytgach, sotib olingan futbolchining keragi bo‘lmay qolishi ham mumkin. 

34 yoshli futbolchi o‘zini juda ko‘p ligalarda sinab ko‘rgan. Angliyaga sayohat uning uchun ham qiziqarli bo‘lishi turgan gap. 

15909253331156

“Manchester Yunayted”: Ander Iturraspe

So‘nggi klubi: “Espanol”

Ha, to‘g‘ri fikrdasiz: “Espanol”da o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchining “Yunayted”ga nima keragi bor? Gap shundaki, Sulsher shogirdlari ayni damda Premer-liga chempionligi uchun kurash olib boryapti. Liga kubogi va Evropa Ligasi kabi musobaqalarga bir qator etakchilarni, xususan, Brunu Fernandeshni asrash uchun ispaniyalik yarim himoyachining xizmatlari kerak bo‘lib qolishi mumkin. Ayniqsa, Iturraspe Manchesterga tekinga kelishini inobatga olsak…

gettyimages-1202122110-612x612

“Lester”: Diego Kosta

So‘nggi klubi: “Atletiko”

Ispaniyalik forvard APLda o‘zining eng yorqin davrlarining bir qismini o‘tkazgan. Ammo u o‘sha paytda kiygan ko‘k libos boshqa klubga tegishli edi. Bugun “Lester” Angliyada chempionlik uchun kurasha olish imkoniyatiga ega katta jamoaga aylandi. Tailandlik sarmoyadorlarning samarali mehnati o‘z natijasini bermay qolmayapti. 

O‘zining “telba” xarakteri bilan butun futbol olamida nom qozongan Diego Kosta “tulkilar” hujumi uchun ayni kerakli futbolchi. Jeymi Vardiga sherik sifatida qaraladigan Kelechi Ixeanacho etarlicha barqaror futbolchi emas. Yirik sovrinlarga erishish uchun Kosta kabi katta nomlar talab etiladi. 

0_What-deals-could-be-done-in-the-Premier-Leagues-January-transfer-window

“Tottenxem”: Ramires

So‘nggi klubi: “Palmeyras”

Yozda Braziliya klubi bilan shartnomasi tugagan Ramires bir necha intervyularida APLga qaytish istagi borligi haqida gapirib o‘tdi. Hozirda “Tottenxem”dagina uning uchun qulayroq sharoit mavjud. Avvalo, bu erda uning eski tanishi Mourino murabbiylik qilmoqda. Shuningdek, “shporlar” yarim himoyasidagi hech bir futbolchi muntazam o‘z o‘rniga ega bo‘la olmaydi. Rotatsiyani yoqtirib qolgan Joze uchun uning didiga mos yana bir futbolchining tarkibga qo‘shilishi faqat foyda bo‘lar edi. Sissoko yoki Xyoybergdan biri jarohat olgan taqdirda, 33 yoshli yarim himoyachi londonliklarga rosa asqatadi. 

ramires_palmeiras_delfin_26_11_2020

“Manchester Siti”: Kvadvo Asamoa

So‘nggi klubi: “Inter”

Oleksandr Zinchenkoning turmush o‘rtog‘i Pep Gvardiolani tanqid qilganidan so‘ng, ukrainalik himoyachining “shaharliklar” tarkibidagi taqdiri katta so‘roq ostida qolib ketdi. U klubni tark etsa, ispaniyalik mutaxassis ixtiyorida faqatgina Benjamen Mendi qoladi. “Leyptsig” tarkibida super o‘yinlar namoyish etayotgan Anxelino “Siti” zaxirasiga qaytmoqchi emas. Shu sababli, manchesterliklarga yana bitta chap qanot himoyachisi kerak bo‘lib qolishi mumkin. Gvardiola ko‘plab uchrashuvlarda aslida o‘ng qanot vakili hisoblangan Kanseluni chap tarafga o‘tkazib o‘ynatdi. Portugaliyalik futbolchi bundan nolimayotgani aniq. Ammo har bir ishni o‘z ustasi bajargani ma’qul. 

kwadwo-asamoah-inter-milan-2019-20_18otvawkjmi2g1r54l8q67f03p

“Chelsi”: Lasse Shone

So‘nggi klubi: “Jenoa”

“Aristokratlar” o‘z laqabiga mos ravishda yozgi transferlar oynasida ancha serxarajat bo‘ldi. Ammo ushbu xaridlar klubga kutilgan foydani keltirmadi. Markaziy yarim himoya zonasiga yana bitta “jangchi” kerak. Uzoq masofadan beradigan kuchli va aniq zarbalari orqali jahon futbolida nom qozongan Shone Londonda yaxshi zaxira variantiga aylanishi mumkin. Frenk Lempardning o‘zi ham xuddi shu o‘rinda harakat qilgani uchunmi, daniyalik tipidagi futbolchilarni ancha qadrlaydi. 

lasse-schone-genoa-cfc-1596022582-44421

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!