Diego Kosta yana APLga qaytishi mumkin

  • 08.07.2019 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi forvardi Diego Kosta yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Everton"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Aytish kerakki, uning o‘zi ham ayni damda jamoadan ketishga qarshi emas. Boisi, “matraschilar” yaqinda Joau Felish hamda Alvaro Morata singari hujumchilar bilan shartnoma imzoladi. Shu bois Kosta yangi mavsumda zaxira hujumchisiga aylanib qolishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kosta uchun APL begona emas. U 2014-2017 yillarda “Chelsi” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!