Diego Simeone APL jamoasini boshqarishi mumkin!
"Atletiko Madrid" bosh murabbiyi Diego Simeone faoliyatini Angliya Premier-Ligasining eng yaxshi klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "The Sun" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Londonning "Chelsi" klubi argentinalik murabbiyni yollashga qiziqmoqda. "Aristokratlar" rahbariyati Liam Rosenyorning natijalaridan norozi. Diego 2011 yildan beri "matraschilar"ni boshqarib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Simeonening "Atletiko" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Fikrlar