“Dinamo” – “Navbahor” bahsini kim sharhlaydi?

  • 24.04.2019 19:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Superliga 6-turi doirasida "Navbahor" Samarqandda “Dinamo” mehmoni bo‘ladi. Mazkur o‘yin 26 aprel kuni soat 17:30da boshlanadi va “Sport” telekanali orqali jonli tarzda namoyish etiladi.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda ushbu uchrashuvni Xayrulla Hamidov sharhlab boradi.

Eslatib o‘tamiz, Superliganing ortda qolgan 5ta turidan so‘ng "Dinamo" 7 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi, "Navbahor" hisobida ham xuddi shuncha ochko bor. Biroq, "lochinlar" to‘plar nisbatiga ko‘ra samarqandliklardan bir pog‘ona yuqoridan joy olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!