"Dinamo" argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Dinamo" transfer oynasining oxirgi kunlarida navbatdagi futbolchini oʻz safiga qoʻshib oldi.
"Dinamo" jamoasi yangi mavsum oldidan yana bir legioner bilan oʻz safini kuchaytirganini maʼlum qiladi.
Yangi mavsumda yangi marralarni koʻzlayotgan «Dinamo» PFK Salvador Sanches bilan kelishuvga erishdi. Argentinalik 30 yoshli himoya chizigʻi vakili markaziy va chap qanot himoyachisi sifatida oʻynay oladi. Sanches jamoamiz safiga erkin agent sifatida kelib qoʻshildi.
Salvador Sanchesning soʻnggi klubi Chilining «Deportes Ikike» klubi boʻlib, u jamoa bilan xayrlashgach, yanvar oyida erkin agentga aylangandi.
«River Pleyt» klubi tarbiyalanuvchisi sanalmiš Sanches Argentinaning «Arsenal Sarandi», «Santamarina», «Olimpo», Gretsiyaning «Volos», «PAS Lamiya», Litvaning «Panevejis» va Chili chempionatining «Kokimbo Yunido» hamda «Deportes Ikike» klublari sharafini himoya qilgan.
Bienvenido a «Dinamo» Salvador Sánchez!", - deyiladi klub matbuoti xabarida.

Fikrlar