"Dinamo" g‘alaba qozondi, ammo Hakim Fuzaylov nimadan norozi?

  • 6 aprel, 2021, 16:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro-liganing 3-turidagi “Dinamo” – “Orol” (3:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Juda ko‘p golli vaziyatlar yaratdik, lekin imkoniyatlardan foydalanishda xatolar ham ko‘p bo‘ldi. Vaziyatlarni tahlil qilamiz, shuncha imkoniyatlardan foydalanmaslik keyinchalik qimmatga tushishi mumkin. Raqib ham yaxshi jamoa edi. Chempionatda kuchsiz klubning, oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Pro-ligada teng kuchli jamoalar yig‘ilgan. Shu bois o‘yinlar shiddatli o‘tmoqda.

Hamroev o‘rniga Rahmatov? Bu o‘zgarish jarohat bilan bog‘liq emas. Darvozabonning jamoadagi birinchi rasmiy o‘yini edi, ehtimol bu ruhiyat bilan bog‘liqdir. Xatolar uchragani uchun o‘zgarish qildim. Ochig‘i, g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, bugungi o‘yindan qoniqish qiyin. Juda ko‘p vaziyatlardan foydalana olmadik, o‘yin yakuni bunaqa “validolli” bo‘lmasligi kerak edi. Intrigaga o‘rin qoldirmaslik lozim edi.

Oleg Marchuk? U ikkita gol urdi. 23 yoshda, o‘yindan-o‘yinga o‘sib borishi lozim. Uning o‘yini ochilyapti, chunki yangi muhitga moslashmoqda.

Shoxruh Abdurahmonov yoshlar jamoasi safidan yaxshi holatda qaytib keldi, u tezroq maydonga tushishni xohlagandi. Albatta, Shohruhning safga qaytishi ham jamoamiz o‘yinida bilindi.

Keyingi turda “Xorazm”ga qarshi maydonga tushamiz. Avval ham aytgandim, pro-ligada barcha klublarning kuchi deyarli teng. Yaqqol favoritning o‘zi yo‘q. “Xorazm”ga qarshi o‘yin qiyin bo‘ladi. Urganchda sun’iy maydonda o‘ynaymiz. Bu ham qo‘shimcha qiyinchilik tug‘diradi. Shunga qaramay, navbatdagi bahsga jamoamiz bilan yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz, - deydi Hakim Qayumovich. 

"Dinamo" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!