"Dinamo" Qozogʻistonning 7 karra chempioniga magʻlub boʻldi

  • 16.02.2026 21:26
  • Улуғбек Хошимов
  • 1
  • Futbol

Superliga yangi mavsumiga BAAda tayyorgarlik ko‘rayotgan "Dinamo" jamoasi ikkinchi yig‘in doirasidagi 4-o‘rtoqlik o‘yinini qo‘shni mamlakat jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Vadim Abramov murabbiyligidagi Samarqand jamoasi Qozog‘istonning eng sovrindor klubi – 7 karra chempion "Astana"ga qarshi maydonga tushdi. O‘tgan yilgi vitse-chempionga qarshi bahsning birinchi bo‘limida “dinamochilar” qator imkoniyatlardan foydalanolmagan bo‘lsa, raqiblar ilk vaziyatda penalti ishlab, 11 metrlik jarima nuqtasidan hisobni ochishdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limda ham vakillarimiz farqni tenglashtirish uchun qator imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Ammo 65-daqiqada Nurillo To‘xtasinov ikkinchi sariq kartochka bilan maydondan chetlatildi.

Shunga qaramay, 83-daqiqada Dramane Salou hisobni tenglashtirdi. Ammo raqib so‘nggi daqiqalarda jamoamiz hujumga o‘tib ketganidan qarshi hujumdan foydalandi – 2:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
17/02/2026 08:39
Вадим бобо бизга галаба керак СИЗДА чаппаси нимагаааа