"Dinamo" Rossiyaning 10 karra chempioniga qarshi bahs olib boradi

  • 03.02.2026 09:59
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan «Dinamo» jamoasi 6 fevral kunidan Birlashgan Arab Amirliklarida ikkinchi xorij yig‘iniga kirishadi.

Vadim Abramov bosh murabbiyligidagi «Dinamo» jamoasining Dubay yig‘inidagi dastlabki o‘rtoqlik o‘yini Rossiyaning 10 karra chempioni – «Zenit»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 9 fevral kuni Abu-Dabi shahrida o‘tkazilishi belgilangan.

Samarqand jamoasi yanvar oyidagi 1-yig‘inda Abu-Dabida Moskvaniŋ CSKA klubini mag‘lub (4:3) etgach, bu safar Sankt-Peterburg jamoasi bilan o‘yin borasida kelishuvga erishdi. Qayd etish joiz, Vadim Abramov va Sergey Semak shogirdlari so‘nggi ikki yilda ikkinchi bor to‘qnash kelishmoqda. Avvalgi o‘yin ham 2024 yil Abu-Dabida bo‘lib o‘tgandi.

Tez orada jamoamizning yig‘in doirasidagi barcha raqiblari haqida ma’lumot beramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!