Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Dinamo" Rossiyaning uch karra chempioniga mag‘lub bo‘ldi

Улуғбек Хошимов
Izohlar: 0

Tajriba­li raqib oʻyinni hujumkor boshlab, birinchi boʻlimda yirik hisobni qayd etdi – 4:0.

"Dinamo" jamoasi BAAdagi ikkinchi yig‘ini doirasidagi uchinchi o‘rtoqlik bahsida Rossiyaning uch karra chempioni "Lokomotiv"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Birinchi bo‘limda 4ta gol urilgan bo‘lsa, 2-bo‘limdagi o‘zgarishlardan keyin hisob ochilmadi.

RPL yetakchilaridan biriga qarshi o‘yinda "Dinamo" murabbiylar shtabi bir qator o‘yinchilar va turli taktikalarni sinovdan o‘tkazishdi. Xususan, asosiy tarkibda yarimhimoyachi Xislat Xalilov chap qanot himoyasida sinab ko‘rilgan bo‘lsa, Anvarjon Hojimirzaev va yana bir qator o‘yinchilar zaxirada qoldirildi.

Tajriba­li raqib o‘yinni hujumkor boshlab, birinchi bo‘limda yirik hisobni qayd etdi – 4:0.

Ikkinchi bo‘limdagi o‘zgarishlardan keyin jamoamiz maydonda tengkurash ko‘rsatgan bo‘lsa-da, yirik hisob qisqarmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q