«Dinamo» stadionida namozgoh tashkil qilindi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi va muxlislarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, «Dinamo» klubi xayrli ishga qo‘l urdi.
Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida «Dinamo» stadionida namozgoh tashkil etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Endi futbolga tashrif buyurgan tomoshabinlar bemalol o‘z ibodatlarini amalga oshirishlari mumkin.

Fikrlar