"Dinamo" "Surxon"ning yana bir etakchisini qo‘lga kiritdi

  • 21 iyul, 19:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Dinamo» jamoasi mavsumning ikkinchi qismiga Belarusda puxta tayyorgarlik ko‘rib, o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etadi.

Tecno

"Mavsumning dastlabki qismini «Surxon» klubida o‘tkazgan Dmitriy Pletnyov erkin agent sifatida «Dinamo» safiga qo‘shilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Superliganing eng yaxshi yarimhimoyachilaridan biri bilan 1,5 yillik shartnoma imzolandi. Rossiyalik 27 yoshli yarim himoyachi jamoamizning Belarusdagi mashg‘ulotlariga kelib qo‘shildi", - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi tarbiyalanuvchisi sanalmish Pletnyov Rossiya o‘smirlar jamoasi safida "JCh-2015" da ishtirok etgan. Shuningdek, u Rossiyaning «Zenit», «Tom», «Baltika», Qozog‘istonning «Atirau», Belarusning «Arsenal» va so‘nggi ikki mavsum davomida Termizning «Surxon» jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgandi.

Endilikda legioner o‘yinchi bor e’tborini Samarqandning "Dinamo" klubiga qaratadi. 

Undan avval esa "Dinamo" klubi "Surxon"ning yana bir etakchilaridan biri Jahongir Abdusalomov bilan ham shartnoma imzolagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!