"Dinamo" Toshkentda qaysi jamoalarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi?

  • 2 fevral, 22:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik doirasida "Dinamo" jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi.

Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoa Abu-Dabidan qaytgach, 3 kunlik dam olishdan so‘ng bugundan yig‘inga to‘planishdi. Camarqandliklar Toshkentdagi 10 kunlik yig‘in davomida 3ta nazorat o‘yinida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Jumladan, 3 fevral kuni Toshkentning "Lokomotiv" klubi, 7 fevralda Nukusning "Orol", 10 fevralda esa Tojikistonning "Regar TadAZ" jamoasiga qarshi nazorat o‘yinlari o‘tkaziladi.

"Dinamo"ning Toshkentdagi mavsum oldi ikkinchi yig‘inidagi nazorat o‘yinlari:

3 fevral. "Lokomotiv" - "Dinamo"

7 fevral. "Dinamo" - "Orol"

10 fevral. "Dinamo" - "Regar TadAZ" (Tojikiston).

Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!