"Dinamo"ning chempionlik quroli: Tizimli mehnat va kuchli jamoa

  • 19.05.2026 14:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Boshqalar
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Dinamo" 2025/2026-yilgi mavsumning barcha asosiy sovrinlarini qo‘lga kiritdi. Muvaffaqiyat siri nimada?

Hech qanday sir yo‘q! Natijaga uzoq yillik va tizimli mehnat tufayli erishildi.

Joriy mavsum Moskvаning “Dinamo” Moskva jamoasi nomi bilan tarixda qoldi. Konstantin Bryanskiy boshchiligidagi klub bir yo‘la uchta yirik sovrinni qo‘lga kiritdi: Mamlakat chempionati, Rossiya kubogi va G‘alaba kubogida g‘alaba qozondi. Poytaxt klubi faqat dekabr oyidagi Superkubokni qo‘ldan boy berdi. Ushbu sovrin "Zenit Qozon" jamoasiga nasib etdi.

Mavsumda “Dinamo” Moskva tarkibida bir necha yetakchi voleybolchilar jamoaning muvaffaqiyatida hal qiluvchi rol o‘ynadi. Ayniqsa, diagonal hujumchi Maksim Sapojkov “Zenit Qozon” hamda “Belogorega” qarshi o‘yinlarda uning kuchli servis va diagonal zarbalari jamoaga muhim ochkolar olib keldi. Shuningdek, bog‘lovchi Pavel Pankov jamoaviy hujumlarni mohirona tashkil etib, ko‘plab g‘alabalarda asosiy figuraga aylandi.

Markaziy blokirovkachilar va qanot hujumchilari ham mavsum davomida yuqori saviyada harakat qilib, "Dinamo"ning himoya va hujumdagi muvozanatini saqlab turdi. Natija esa katta g‘alabalarga sabab bo‘ldi.

Qutbiddinov Olimbek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!