
"Dinamo"ning nazorat o‘yinida "Nasaf" bilan kuchi teng keldi
Bugun, 2 avgust kuni Samarqandda «Dinamo» va «Nasaf» o‘rtasida nazorat bahsi o‘tkazildi.
«Dinamo» stadionida yopiq eshiklar ostida o‘tgan bahsda Vadim Abramov va Ro‘ziqul Berdiev bir qator yangi futbolchilarni ham sinovdan o‘tkazdi. Uchrashuvning 40-daqiqasida Kojo Joel hisobni ochdi – 1:0.
Birinchi taym yakunida esa Cholovichning uzatmasidan so‘ng Sherzod Nasrullaev hisobni qisqartirdi – 1:1.
Ikkinchi bo‘limda ikki tomonda ham g‘alaba golini urish imkoniyati bo‘lsa-da, jamoalar joriy mavsumdagi uchinchi to‘qnashuvda ham durang qayd etishdi.
O‘rtoqlik o‘yini. 2 avgust
«Dinamo» - «Nasaf» - 1:1
Gollar: Kojo Joel 40 – Sherzod Nasrullaev 45.
«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin, Dushan Miyich, Jahongir O‘rozov, Muhammadali Tursunov, Salim Mustafoev, Ulug‘bek Abdullaev, Duglas Maykon, Humoyunmirzo Iminov, Frantsis Narh, Anvarjon Hojimirzaev, Kojo Joel
Zaxiradan maydonga tushganlar: Farhod Rahmatov, Vohid Oqbo‘taev, Sanjar Shoahmedov, Abubakr Muydinov, Xislat Xalilov, Dilshod Rahmatullaev.
«Nasaf»: Umidjon Ergashev, Igor Golban, G‘olib G‘aybullaev, Dilshod Komilov, Sherzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoy, Marko Stanoevich, Jambuli Jigauri, Oybek Bozorov, Stefan Cholovich, Bobur Abduxoliqov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Javohir Siddiqov, Sharof Muhitdinov, Valentin Yuell, Shahzod Akramov, Muhammadjon Valiev, Doniyor Narzullaev.
Fikrlar