Diomande uchun asosiy kurash "Liverpool" va "Manchester Siti" oʻrtasida kechmoqda

  • 10.06.2026 02:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli insayder Janluka Di Marsioning ma'lum qilishicha, "Leypsig" hujumchisi Yan Diomandega Angliyaning ikki grandi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Uning so'zlariga ko'ra, "Liverpul" futbolchini o'z safiga qo'shib olishni juda istamoqda, ammo "Manchester Siti" tomonidan kuchli raqobatga duch kelgan.

"Enzo Mareska Diomandega yuqori baho beradi va u murabbiyning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. “Manchester Siti” ham futbolchini jamoada ko'rishni juda istaydi.

“Liverpul” uchun ham u birinchi raqamli variant bo'lib turibdi. Shu bois, hozircha barchasi qaysi klub ko'proq mablag' taklif qilishiga bog'liq. Menimcha, u albatta Premier-ligaga yo'l oladi va ayni paytda faqat ikki variant bor: “Liverpul” yoki “Manchester Siti”,
— dedi Di Marsio.

Shuningdek, manbaga ko'ra, PSJ ham futbolchiga qiziqish bildirgan va uni o'z ro'yxatiga kiritgan. Biroq Di Marsio hujumchining Parij klubiga o'tish ehtimoli past deb hisoblamoqda.

"PSJda bu pozitsiyada raqobat juda yuqori. Shuning uchun men Diomande oxir-oqibat “Liverpul” yoki “Manchester Siti”dan birini tanlaydi, deb o'ylayman", — deya qo'shimcha qildi ekspert.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!