Diyor Imomxo‘jaev: Bu bizni ham tashvishga solyapti

  • 1 aprel, 2022, 15:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev kecha bo‘lib o‘tgan Superliganing 2 ta uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Kecha Superligada 2 ta o‘yin bo‘ldi. Yaypandagisi qiziqarliroq, tezroq, shiddatliroq bo‘ldi. Qaltis hisobda oldinda bora turib, o‘yinni cho‘zishni xayoliga ham keltirmagan "Qo‘qon-1912" futbolchilariga va tobora o‘sayotgan "Metallurg" yigitlariga rahmat aytish kerak.

Ikkinchi o‘yinda "Dinamo" futbolchilari rostmanasiga yaxshi boshlashdi. Futbolda mayda detallar bo‘lmaganidek, ular hech qachon erkaklarga xos bo‘lmagan provakatsiyalarga uchmasliklari shart. Aynan shunday jihatlar barcha rejani chipakka chiqarishi mumkin. Va yana bir masala, agar bosh hakam mezbonlar g‘alabasini istasa edi, ularning golini bekor qilib ham o‘tirmasdi. Tartib va ahillik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan klublardan ochko olinmayaptimi, demak aybdorni izlash yoki nolishmas, yanada o‘sishga harakat qilish eng to‘g‘ri yo‘l.

"Dinamo"ning o‘yini turdan-turga o‘syapti, murabbiyga ham, jamoaga ham vaqt kerak. Futbol shunday o‘yinki, hamma narsaga har doim ham hakam aybdor bo‘lavermaydi. Har holda bugungi futbol shunga harakat qilyapti, bugungi futbolda hakamlar yaqin o‘tmishdagi kabi ko‘ngli tusaganini qilmayapti. O‘sha ayrim eski hakamlarga esa ich-ichimizdagi barcha e’tiroz-u, la’natlarimiz bo‘lsin. Aynan ular o‘zlari haqlarida shakllantirgan fikr bizga bugungi kunda ham qimmatga tushaveradi. Uzoq yillar nohaqliklarni ko‘raverib charchagan muxlis, hammasini birdaniga unutib qo‘ya olmaydi, ularga ham vaqt kerak.

Ko‘ryapsizmi, hakamlar bo‘limi o‘yindan keyinoq bayonot beryapti. Kecha ham hakam yomon ishlamadi. VARga ko‘p murojaat qilingani uchun jazolanadi ham deyilibdi. Va ishonamizki, VARni tuzukroq ishlatishni o‘zlashtirish ustida ishlayapti. Chunki biz futbolda keragidan ko‘p vaqt yo‘qotib qo‘ymoqdamiz, bu bizni ham tashvishga solyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
01/04/2022 18:17
Diyor uzing nima deganingni uzing ham tushundingmi. uzi aslida. Sariq bersa ham bulardiki usha mamentka. nagli kurunib turibtiki Bunyotkor uyinchisi uzi otliqib tashlandiki. Narmalni sudiya ikkalasiga ham Sariq berardi. ozgena bulsa ham. uzing. ham sahal analiz qil. uka. matbuotka chiqdingmi. ochiqlikni ham. aytda