Diyor Imomxo‘jaev: FIFA tomonidan transfer taqiqi qo‘yilgan klublar mavjud
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘z "Telegram" kanalida futbolchilarning shartnoma masalasidagi muammolari haqida post joyladi:
"Futbolchilar yangi klub bilan shartnoma imzolash oldidan shu soha haqida yaxshi tasavvurga ega insonlar bilan maslahatlashishlarini tavsiya qilamiz.
Biz yaqindagina futbolchilar maqomi va ularning o‘tishi bo‘yicha reglamentni yangilab, uni klublarga taqdim etdik. Bunda futbolchilarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan savollarga javoblar mavjud. Ko‘ryapmizki, o‘ylanmay turib imzolangan shartnomalarning oqibati yaxshi bo‘lmayapti. Futbolchilar va klublar yil bo‘yi bir-birlarining ustilaridan yozuv-chizuv qilgandan ko‘ra, hamma narsani puxta kelishib olganlari ma’qul. Bizda sohani yaxshi tushunadigan insonlar kam, ammo yo‘q emas. Va ishonmanki, ular maslahat so‘rab murojaat qilgan futbolchilarga yordam berishadi.
Shuningdek, FIFA tomonidan transfer taqiqi qo‘yilgan klublar mavjud. Ular bilan shartnoma imzolab qo‘ygan futbolchilar bilishlari kerakki, taqiq olib tashlanmaguniga qadar, mazkur shartnomalar O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Bu esa mazkur futbolchilarning bir necha oylar katta futbolsiz qolishlarini bildiradi. Mana shunday holatlar bo‘lmasligi uchun biz Futbolchilar uyushmasi bilan hamkorlik qilyapmiz", - deyiladi ushbu murojaatda.

Fikrlar