Diyor Imomxo‘jaev: "Qo‘qon-1912"ning FIFA bilan muammosi bir necha soatlarda hal etiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zPFL direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘z "Telegram" sahifasida "Qo‘qon-1912"ning FIFA bilan yuzaga kelgan muammosi hal etilish arafasida ekanligini aytib o‘tdi.

"Qo‘qon-1912" Boyan Knejovich hamda Milosh Nikolich bilan muammolarini hal qildi. Klub rahbariyati buning ustida astoydil ishladi.

Aslini olganda, "Qo‘qon-1912" o‘sha vaqtda ham qarzlarini yopgan. Faqatgina tushunmovchilik sabab muammoga aralashib qolgan. Bu endi boshqa mavzu. Klubga shu muammoni yaratib berganlar, albatta, o‘z jazosini topishi kerak. Ishonamizki, Qo‘qon-1912 oxirigacha boradi.

Yuqoridagi futbolchilar bilan ishlaydigan yurist hisob-kitobni tasdiqladi. FIFA bir necha soat ichida ishni kun tartibidan olib tashlaydi", - deb yozadi Diyor Imomxo‘jaev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!