
Diyor Imomxo‘jaev: "Xorij klubi "Nasaf"ga katta miqdorda kompensatsiya to‘laydi"
O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev "Nasaf" jamoasi sobiq legioneri bilan bog‘liq transfer mojarosi haqida gapirdi:
"Nasaf" Janubiy Koreyaning "Jeju Yunayted" futbol klubi bilan Islom Kenjaboevning mashg‘ulot kompensatsiyasi masalasida kelisha olmayotgandi.
FIFA bu bo‘yicha o‘z qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, "Jeju Yunayted" 45 kun ichida "Nasaf" hisob raqamiga kompensatsiya sifatida 65 ming dollar o‘tkazib berishi kerak. Yo‘qsa, klubga nisbatan transfer taqiqi kuchga kiradi.
Islom Kenjaboev 2021 yilning yanvar oyida — 21 yoshida koreyaliklar bilan shartnoma imzolagandi. Uning Janubiy Koreyadagi safari taxminan yarim yil davom etdi.
Mashg‘ulot kompensatsiyasi Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament asosida tartibga solinadi".
Fikrlar